Jurnalistni kim portlatib yuborgani ochiqlandi

Olam

image

Jurnalist Darya Duginaning o‘ldirilishi fosh etildi, uni Ukraina maxsus xizmatlari tayyorlagan, ijrochi jinoyatdan keyin Estoniyaga qochib ketgan Ukraina fuqarosi Natalya Vovk. Bu haqda bugun, 22 avgust kuni TASS agentligiga Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati jamoatchilik bilan aloqalar markazida ma’lum qilingan. 

“Federal xavfsizlik xizmati kompleks shoshilinch tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 1992 yilda tug‘ilgan rossiyalik jurnalist Darya Duginaning o‘ldirilishi fosh etildi”, deya ta’kidladi FXX.  

Qayd etilishicha, maxsus xizmat jinoyat Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan tayyorlanib, sodir etilgani va uning ijrochisi Ukraina fuqarosi 1979 yilda tug‘ilgan Vovk Natalya Pavlovna ekanini aniqlagan. 

U 2010 yilda tug‘ilgan qizi Shaban Sofiya Mixaylovna bilan joriy yilning 23 iyul kuni Rossiyaga kelgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, qotillik sodir bo‘lgan kuni Vovk va Shaban "An’anaviy" adabiy va musiqa festivalida bo‘lishdi, u yerda Dugina faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. 21 avgust kuni Dugina boshqaruvidagi Toyota Land Cruiser Prado avtomobilining boshqariladigan portlashidan so‘ng, Vovk va uning qizi Pskov viloyati orqali Estoniyaga jo‘nab ketgan.

Maxfiy xizmatning aniqlik kiritishicha, Duginaning o‘ldirilishini uyushtirish va uning turmush tarzi haqida ma’lumot olish maqsadida Vovk va uning qizi Moskvada marhum yashagan uyda kvartira ijaraga olgan. Jinoyatchilar jurnalistni kuzatish uchun Mini Cooper avtomobilidan foydalangan. Shu bilan birga, Rossiyaga kirishda Donetsk Xalq Respublikasi raqamlari ishlatilgan - E982XN DPR, Moskvada – Qozog‘iston raqamlari 172AJD02 va chiqishda – Ukraina AH7771IP.  

“Tergov materiallari Tergov qo‘mitasiga topshirildi”, deya qo‘shimcha qilgan FXX. 

Huquq-tartibot idoralari Natalya Vovkni Rossiyaga ekstraditsiya qilish maqsadida qidiruvga berilishi haqida xabar berdi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 avgust kuni rus faylsufi va siyosatchisi Aleksandr Duginning qizi Darya Dugina Toyota Land Cruiser avtomobiliga o‘rnatilgan qo‘lbola portlovchi uchkuna portlashi oqibatida vafot etdi. 

O‘sha kuni Dugina otasi bilan birga Prezidentning Madaniy tashabbuslar jamg‘armasi, Moskva viloyati Madaniyat va turizm vazirligi hamda Odinsovo ma’muriyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan “An’ana” vatanparvarlik festivalida qatnashgan. Tadbir tugagandan so‘ng, Dugin va qizi birga ketishi kerak bo‘lgan, biroq ma’lum bir sabablarga ko‘ra, ular turli mashinalarda yo‘lga chiqishgan.

Tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi rahbari Denis Pushilin o‘zining Telegram'dagi sahifasida Darya Duginaning o‘limida Ukrainani ayblab chiqdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Dar'ya Dugina

Baholaganlar

732

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing