Jurnalistlar portlovchi fleshka qurboni bo‘ldi

Olam

image

Ekvadorda 5 nafar jurnalistga portlovchi modda o‘rnatilgan fleshkalar pochta orqali yuborilgan. Bu haqda Ekvador OAV huquqlarini himoya qiluvchi "Fundamedios" tashkiloti xabar berdi.

Unda aytilishicha "Ecuavisa" telekanali jurnalisti ushbu "USB" qurilmalardan birini pochta orqali qabul qilib olgan va qurilmani o‘z kompyuteriga ulagan zahoti portlagan.

“Jurnalist USB qurilmasini ishga tushirganida portlovchi moddaning 50 foizi faollashgani sababli, u jurnalistga yengil yuz va qo‘l jarohatlarini yetkazish bilan cheklangan”, deyiladi xabarda.

Yana bip portlovchi fleshka "Teleamazonas" telekanali muxbiriga kelib tushgan. Lekin u qurilmani qo‘shimcha USB adapter orqali ulagani uchun portlovchi vosita ishga tushmagan.

“USB qurilmalari ichida 1 sm hajmdagi 2 ta portlovchi moddalar joylashtirilgan bo‘lib, ular 5 volt kuchlanishda portlashi rejalashtirilgan bo‘lgan”, deb qo‘shimcha qilinadi "Fundanedios” tashkiloti xabarida.

Shuningdek, Ekvador Ichki ishlar vaziri Xuana Sapata barcha USB qurilmalar bir xil ko‘rinishda ekanligi va tahdidli xatlar orqali jurnalistlarga bosim o‘tkazish maqsadida yuborilganligini ma’lum qilgan.

Shohjahon Majitov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Jurnalistlar Ekvador portlovchi fleshka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing