Jurnalistlar “qizil chiziq”larni bosib o‘tishdan qo‘rqitiladi – Deniyel Rozenblyum
Jamiyat
−
01 iyun 2022
6483O‘zbekistonda OAVga oid qonunchilikda jiddiy kamchiliklar mavjud. O‘z-o‘zini senzura qilish hollari juda ko‘p, jurnalistlar qanday “qizil chiziqlar”ni bosib o‘tmaslikni bilishadi, chunki u chiziqlarni kesib o‘tishdan qo‘rqitiladi. Bu haqda Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum Vebster universitetida bo‘lib o‘tgan jurnalistlar bilan uchrashuvda so‘z ochgan.
Uning qayd etishicha, O‘zbekistonda 2016 yilgacha bo‘lgan vaziyat Prezident Mirziyoyev davrida o‘zgargan.
“Menimcha, 2016 yildan avval bu yerga kelganimda kuzatgan va eshitganlarim 2016 yildan keyin mamlakat bo‘ylab ko‘rgan, o‘qigan va eshitganlarim asosida aytishim mumkinki, OAV erkinligi va xilma-xilligi darajasi va jurnalistlar uchun yaratilgan muhit sezilarli darajada yaxshilangandir”.
Elchiga ko‘ra, 2016 yildan buyon media sohasida keskin va umuman olganda ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bergan. Jurnalistlar uchun hukumat yo jamiyatingizda ro‘y berayotgan voqealar haqida xabar berish uchun har qachongidan ham ko‘proq imkoniyat mavjud. Biroq, ommaviy axborot vositalariga oid qonunchilikda jiddiy kamchiliklar mavjud va jurnalistlarning ichki senzurasiga asos bo‘lmoqda.
“OAVga oid qonunchilikda jiddiy kamchiliklar mavjud. Bu kamchiliklar juda ko‘p mansabdor shaxslarning OAVga munosabatida, jurnalistlar uchun mavjud bo‘lgan kasbiy andozalar va etikada, eng muhimi, jurnalistlarning bosim va qo‘rqitishsiz ishlay olishida, ayniqsa, kimdir siyosiy jihatdan nozik masala deb ko‘rilgan sohalarda materillar tayyorlash kabilarda namoyon bo‘ladi. O‘z-o‘zini senzura qilish hollari juda ko‘p, jurnalistlar qanday “qizil chiziqlar”ni bosib o‘tmaslikni bilishadi, chunki u chiziqlarni kesib o‘tishdan qo‘rqitiladi. Men o‘tgan yilda o‘sha kamchiliklar yanada keskinlashdi va ko‘zga tashlandi, degan bo‘lardim”, deydi elchi.
Rozenblyumning fikricha, O‘zbekistonning “Chegara bilmas muxbirlar” xalqaro nohukumat tashkilotining So‘z erkinligi indeksi bo‘yicha 2022 yilgi reytingida 180 davlat orasida o‘z o‘rnini o‘tgan 2021 yildagiga nisbatan 24 o‘ringa yaxshilab, 133-o‘ringa ko‘tarilishi erkin va mustaqil OAV uchun sharoit yaxshilangani va yo jurnalist va blogerlarga nisbatan munosabat bilan aloqador emas. Aksincha, O‘zbekiston aslida past baho olgan va Rozenblyum mamlakatda bunga nisbatan munosabat asliga nisbatan boshqacha bo‘lganini ko‘rib, hayratda qolgan.
“Men va O‘zbekistondagi vaziyatni kuzatuvchi boshqa ko‘plab kishilar jahon matbuot erkinligi reytingidagi xabarni o‘qib, juda hayratda qoldik. Ya’ni, bu hayrat voqea ortidagi asl voqea nimada ekanini aniqlashtirgunimizcha davom etdi”, deydi u.
U so‘zida davom etarkan, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun yaratilgan imkoniyatlarni ham tilga oldi.
“Xulosa o‘rnida ijobiy tomonlarni ta’kidlashni istardim. Mamlakatingizda OAV vakillari uchun har qachongidan ham kengroq imkoniyatlar yaratilgan: o‘z vatandoshlaringizning ovozini eshitarli qilib berish imkoni, ularning tashvishlarini eshitish imkoni. Odamlarning kundalik hayotiga taalluqli qiziqarli va muhim masalalar haqida yozish uchun har qachongidan ham ko‘proq imkoniyat mavjud. Davlat amaldorlarini o‘z qilmishlari uchun javobgarlikka tortish uchun har qachongidan ham ko‘proq imkoniyat bor. Prezident Mirziyoyev ko‘p bor ta’kidlaganidek – davlat xalqqa xizmat qilmog‘i kerak, aksincha emas!”, deydi AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum.
LiveBarchasi