Jurnalist Suriya Magdiyeva vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 5 oktyabr kuni “Darakchi” gazetasining ruscha nashrida faoliyat yuritgan jurnalist Suriya Magdiyeva olamdan o‘tdi. Bu haqda nashrning o‘zi xabar berdi.

“U hech ham charchamaydigan, serharakat, respublikadagi barcha tadbirlarda faol,  jamoada barchaga mehribon va aqlli inson edi. Suriya Magdiyevaning ijodi gazeta sahifalarida, uning yorqin siymosi esa qalbimizda abadiy qoladi”, deydi uning jamoadoshlari. 

Marhuma "Namangan haqiqati" va “Darakchi plyus” gazetalarida ishlagan. U ijtimoiy soha, kommunal xizmatlar, sog‘liqni saqlash, inklyuziv ta’limga oid dolzarb mavzularni yoritgan. Jurnalist son-sanoqsiz intervyularidan tortib, press-turlarda va matbuot anjumanlarida faol ishtiroki bilan hamkasblarining xotiralarida qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

jurnalist Suriya Magdieva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing