Jurnalist Qudrat Irnazarov vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Tarix fanlari doktori, faxriy jurnalist Qudrat Irnazarov 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda Jurnalistlar uyushmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Qudrat Irnazarov 1950 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Turli yillarda gazeta muxbiri, tarix kafedrasi o‘qituvchisi, mudiri, Milliy universitetda dekan kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2019 yildan hozirgi kungacha O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi professori, keyinroq Jamoatchilik bilan aloqalar va reklama kafedrasi professori sifatida ishlab kelgan. U 2008 yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan.

Shuningdek, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Qudrat Irnazarov fidoyi pedagog va sermahsul olim sifatida O‘zbekiston OAV rivojiga munosib hissa qo‘shganini aytib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jurnalist Qudrat Irnazarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing