Jo‘rabek Qozog‘istonda chempionga aylandi
Sport
−
29 Sentabr 2019
3530Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida erkaklar o‘rtasida mukofot jamg‘armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi turnir yakunlandi.
Musobaqaning final bahsida o‘zbekistonlik Jo‘rabek Karimov mezbon tennischi Bebit Jukayevga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 49 daqiqa davom etgan o‘yinda Jo‘rabek raqibini 7:5, 6:3 hisobida mag‘lub etdi va musobaqa chempioniga aylandi.
Qayd etish kerakki, Jo‘rabek Karimov musobaqa davomida o‘zidan reytingi yuqori bo‘lgan tennischilarni mag‘lub etdi. Jo‘rabek turnirda Shveysariya, Gruziya, Rossiya va Qozog‘istonning ikki tennischisini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
U ayni paytda jahon reytingida 873-o‘rinni egallab turibdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng u reytingda yaxshigina ko‘tariladi.
LiveBarchasi