Juma namozini o‘qiyotgan namozxonlarni o‘ldirgan terrorchiga sud hukmi o‘qildi
Olam
−
27 avgust 2020
25998Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi masjidlarga kirib, juma namozini o‘qiyotgan musulmonlarga qarata o‘q uzgan va 51 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan terrorchi avstraliyalik 28 yashar Brenton Tarrant ustidan sud boshlangani haqida xabar bergan edik. Ushbu teraktni amalga oshirgan shaxsga nisbatan sud so‘nggi hukmni o‘qib eshittirdi.
Sud hukumiga ko‘ra, Brenton Tarrant umrbod qamoq jazosiga mahum etildi. Unga nisbatan Yangi Zelandiya tarixida ilk bor mahkumni muddatidan avval shartli ravishda ozod qilish huquqi bekor qilindi
Sudya Brenton Tarrant odamlarga nisbatan rahm-shafqat qilmaganini eslatdi. “Demak, u shunchaki qotil emas – u Yangi Zelandiyadagi turmush tarziga hujum qilgan terrorchi”, deydi sudya Kemeron Mander
Tarrant o‘zini oqlash uchun bayonot bermadi, uning nutqini advokati o‘qib eshittirdi. Oq tanlilar ustunligini himoya qilgan terrorchi unga qarshi ilgari surilgan barcha ayblovlarni tan oldi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 15 mart kuni 4 nafar qurollangan terrorchilar Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi masjidlarga kirib, juma namozini o‘qiyotgan musulmonlarga qarata o‘q uzgandi. Ushbu ommaviy qirg‘in natijasida 51 kishi halok bo‘ldi, 49 kishi yaralandi.
LiveBarchasi