Juma namozi vaqtida portlash! 62 kishi qurbon bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 18 oktyabr kuni Afg‘onistonda juma namozi vaqtida masjidda portlash yuz berdi. Natijada kamida 62 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Portlash mamlakatning sharqiy viloyati Nangarharda yuz berdi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlashning kuchi binoning tomini vayron qilgan.

Hozirgacha portlash uchun javobgarlikni Afg‘onistonda faoliyat yuritayotgan hech bir guruh o‘z zimmasiga olmagan.

Portlash BMT mamlakatdagi urush qurboni bo‘lgan tinch aholi soni yozda haddan tashqari ortib ketganini ma’lum qilganining ertasi kuni sodir bo‘ldi.

BMT ma’lumotiga ko‘ra, iyul-sentyabr oralig‘ida 1174 nafar tinch aholi halok bo‘lgan. Bu BMT qurbonlar hisobini yurita boshlagan 10 yillikdagi eng ayanchli chorak bo‘lgan.

Nangarhar viloyati gubernatori portlashda 62 kishi halok bo‘lgani va 36 kishi turli darajada jarohatlanganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston masjid portlash

Baholaganlar

1059

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing