Juda katta marralarni belgiladik, lekin kerakli natijaga erishmadik – Prezident

Jamiyat

image
Bugun Parlamentda Bosh vazir taqdiri hal etiladi north_east

Bugun Parlamentda Bosh vazir taqdiri hal etiladi

O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi o‘tkazilmoqda. Yig‘ilishda ishtirok etayotgan Prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir vazifasiga to‘xtalib o‘tdi.
 
“Kecha biz kelishib olganimizdek, ikki palatada tezlik bilan va o‘z navbatida vazminlik bilan qanday qonunlar qabul qilamiz. Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqamiz. Bitta narsani tushunish kerakki, tasdiqlash tasdiqlash uchun emas. O‘z xohishlaringizni bildirishingiz ham kerak. Bugun deputatlar o‘z hududlaridan olib kelgan muammolarini bildirishlari ham qarz, ham farz. 

Bugungi kun tartibidagi masala bo‘yicha to‘g‘ri nomzodlarni tanlab olsak, bizga ham hammamizga oson bo‘ladi. Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun Bosh vazir va uning qo‘l ostidagi hukumat mas’uldir. Xalqimiz ham qarab turibdi, jahon hamjamiyati ham. Biz o‘tgan 3 yilda bozor iqtisodiyotini rivojlantirish uchun harakat qildik”, deydi davlat rahbari.

Davlat rahbari  so‘zida davom etib 3 yillik islohotlar masalasiga to‘xtaldi. Natijaga erishishda bu davr juda qisqa ekanini qayd etdi. 

“Oldingidek qaror qog‘ozda qolmasligi uchun Bosh vazir amalga oshirishi shart. Biz narsani ochif aytaman 3 yil bo‘ldi islohotlar boshlanganiga. Bu juda qisqa davr. Lekin shu davrda biz qonunlarni joyiga keltirishga harakat qildik. 

Oldin iqtisodiyotni zaminini yaratamiz. Oxirgi yillardagi qaror va konsepsiyalarimizni albatta, amalga oshiramiz. Eng birinchi odamlarni iqtisodini joyiga keltirishimiz kerak. Biz birinchi qadamlarni qo‘ydik. Hurmatli hokimlarimizning rejalarini bugun xalqimiz qabul qilmaydi. Biz 2019 yilda juda katta asos yaratdik. 

Biz juda katta marralarni belgiladik. Lekin kerakli natijaga erishmadik”, deydi Prezident. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Bosh vazir

Baholaganlar

46

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing