JSSTning 65 xodimi koronavirusga chalingan

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Jenevadagi shtab-kvartirasida ishlaydigan 65 xodimi koronavirus bilan kasallangan. Bu haqda "Associated Press" ma’lumot bergan. 

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, JSSTning tijorat operatsiyalari bo‘yicha Bosh direktori yordamchisi Raul Tomas xodimlarga maktub yuborgan. Maktubda tashkilot xodimlari orasidan besh kishida koronavirus aniqlangani qayd etilgan. 

"Ushbu so‘nggi beshta holatni aniqlash natijasida, pandemiya boshlanganidan buyon Jenevadagi kasallangan xodimlarning umumiy soni 65 nafarga yetdi", deyilgan xatda.

Noyabr oyi boshlarida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lgani uchun o‘zini yakkalashini ma’lum qilgandi. 

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar 55 milliondan oshgan. 1,3 milliondan ko‘p bemor virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

JSST KORONAVIRUS

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing