JSST vaksina g‘amlagan boy davlatlarni qoraladi

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ayrim davlatlarda COVID-19 ga qarshi vaksinalarning to‘planib qolishi pandemiyaning uzayishiga sabab bo‘lishini ta’kidlamoqda. Bu haqda “Interfaks” nashri xabar bermoqda

“Bu shunchaki adolatsizlik emas, ahloqsizlikmas, balki pandemiyaning uzayishi”, deydi JSSTning favqulodda kasalliklar bo‘limi texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerxov.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi o‘z aholisining 57 foizini to‘liq emlagan, Buyuk Britaniya hamda Fransiya esa vaksinaning ko‘chaytirilgan dozasini joriy qilmoqda. Ta’kidlanishicha, Afrika faqatgina 3 foiz aholisini koronavirusga qarshi emlagan. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 4 avgust kuni JSST sentyabr oyining oxirigacha har bir mamlakat aholisining 10 foizini emlashni rejalashtirgan holda, boy davlatlardan kambag‘al mamlakatlarga vaksina borasida yordam berishni so‘ragan. Shuningdek, tashkilot dekabr oyida dunyo aholisining 40 foizini emlanishi kerakligini ma’lum qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi boy mamlakatlarni COVID-19 ga qarshi vaksinalarni faolroq ulashishga chaqirgan. JSSTning ta’kidlashicha, joriy yil o‘rtalariga kelib, kambag‘al davlatlar aholisining 1 foizi emlangan paytda, YeI ahosining 60 foizdan ortig‘i vaksinaning bitta dozasi bilan emlangan.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing