JSST O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi
Jamiyat
−
11 yanvar
9775Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari doktor Xans Klyuge 100 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida evakuatsiya qilingani uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib qoldirgan.
“O‘zbekiston, insonlar hayotini saqlab qolish uchun ko‘rsatayotgan mehr-oqibatli sa’y-harakatlaringiz uchun rahmat!” deya yozgan Klyuge.
Doktor Klyugening so‘zlariga ko‘ra, JSST Yevropa mintaqaviy byurosiga a’zo 12 davlat G‘azodan bemorlarni qabul qilib, hozirgacha 700 dan ortiq odamni evakuatsiya qilishga imkon berdi. Biroq mintaqadan tashqarida 12 000 dan ortiq bemor hali ham tez yordamga muhtoj.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 27 dekabr kuni 100 nafar yaralangan falastinlik bolalar va ayollar hamda ularning hamrohlari O‘zbekistonga evakuatsiya qilingandi. O‘zbekistonning Qohiradagi elchisi Mansurbek Qilichevga ko‘ra, evakuatsiya qilingan falastinliklar O‘zbekistonda mehmon bo‘lib, o‘z vatanlariga qaytgunlariga qadar mamlakatdagi sharoitlardan foydalanadi. Xususan, ular davolanish va sog‘liqlarini qayta tiklash uchun reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtiriladi hamda mamlakatda bo‘lish davrida barcha zarur ehtiyojlar, jumladan, mehmonxona, turarjoy, maktablar va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar