Ziroat Mirziyoyeva JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori bilan uchrashdi
Jamiyat
−
25 iyun
6160O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rafiqasi, “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Zamin” fondi xabar berdi.
“Uchrashuvda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va “Zamin” fondi o‘rtasida bolalarga, shu jumladan onkologik kasalliklarga chalinganlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, ularni reabilitatsiya qilish, O‘zbekistonda palliativ yordamni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, atrof-muhit muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirish uchun, shu jumladan, xalqaro havo sifati standartlari va ichimlik suvi sifati me’yorlarini ishlab chiqishda xalqaro ekspertlarni jalb qilishga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratilgan.