JSST O‘zbekistonda qo‘llanilayotgan vaksina to‘g‘risida ma’lumot berdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ayni paytda AstraZeneca tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina va qon quyqalarining paydo bo‘lishi o‘rtasida bog‘liqlik ko‘rmayapti. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Rojeriu Pintu de Sa Gaspar ma’lum qilgan.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, JSST har kuni vaksina to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oladi, olingan ma’lumotlar bir nechta qo‘mitalar va nazorat qiluvchi organlar tomonidan baholanadi. 

"Hozirda vaksina va tromboembolizm holatlari o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q", degan de Sa Gaspar. 

U vaksinaning foydasi xavfdan yuqori ekanini ta’kidlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatlar AstraZeneca vaksinasi bilan mart oyida emlangan odamlarda qon quyqalari va qon ketishining buzilishi kabi jiddiy nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgani tufayli uni bekor qila boshladi. Ba’zi hollarda, ular o‘lim bilan ham tugagan. Xususan, Norvegiya, Shvetsiya, Finlyandiya, Islandiya va Irlandiya, Germaniya, Fransiya, Ispaniya ingliz-shved dori vositasi bilan emlashni to‘xtatgandi. 

Eslatib o‘tamiz, 1 apreldan O‘zbekistonda ham koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi. Mamlakatda AstraZeneca vaksinasidan foydalanilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina koronavirus

Baholaganlar

268

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing