JSST O‘zbekistonda qizamiq bilan kasallanish ortayotganini ma’lum qildi

Salomatlik

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) yil boshidan buyon O‘zbekistonda qizamiq bilan kasallanish ko‘payganini ma’lum qildi. Bu haqda BMT rasmiy saytida xabar berildi.

Aytilishicha JSST Yevropa mintaqasidagi 17 davlatda kasallanish holatlarini qayd etgan. Fevral oyi oxiriga kelib, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 900 ta holat rasman qayd etilgan, bu butun 2022 yildagi kassallanish holatlaridan ko‘p.

Oxirgi 12 oy davomida eng ko‘p qizamiq bilan kasallanganlar Tojikiston (610), Turkiya (466) va Rossiyada (414) kuzatilgan. Avstriya, Serbiya, Buyuk Britaniya va O‘zbekistonda 2023 yil boshidan buyon kasallanish ko‘paygan.

JSST barcha mamlakatlar, shu jumladan, qizamiqning endemik yuqishi yo‘q qilingani tasdiqlangan davlatlar hukumatlari ham ushbu o‘ta yuqumli kasallikdan hushyor bo‘lishlari kerakligini ta’kidlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston JSST qizamiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing