JSST Turkiya va Suriyada sog‘liqni saqlash uchun 84,5 million dollar ajratmoqchi
Olam
−
18 fevral 2023
2417Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) jahon hamjamiyatini Turkiya va Suriyaning zilziladan jabr ko‘rgan aholisini sog‘lig‘ini saqlash uchun zudlik bilan 84,5 million dollar ajratishga chaqirdi. JSSTning kecha, 17 fevral kuni kechqurun Jenevada tarqatilgan press-relizida ta’kidlanganidek, bu, xususan, hayotiy zarur dori-darmonlar va tibbiy buyumlarni yetkazib berishga taalluqlidir.
JSST Turkiya va Suriya Arab Respublikasidagi zilziladan keyin sog‘liqni saqlash ehtiyojlari uchun favqulodda 84,5 million dollar ajratishga chaqirdi.
JSSTning javobi hayotni saqlaydigan dori-darmonlar va boshqa tibbiy buyumlarni yetkazib berish, zarur tibbiy xizmatlar va zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shoshilinch tibbiy yordam guruhlari tarmog‘ini ishga tushirishni o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyada 7 balldan ortiq (mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi.
Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga hilpiratildi.
Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezildi.
LiveBarchasi