JSST smartfonlar narxini oshirishni tavsiya qildi
Olam
−
02 Oktabr
5716Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) smartfonlarga bo‘lgan qaramlikni chekishga qiyoslab, mamlakatlarni ushbu texnologiyalardan foydalanishni cheklash imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga chaqirdi. JSSTning milliy strategiyalar va sog‘liqni saqlash tizimlari bo‘yicha direktori Natasha Azzopardi Muskat bu haqda bayonot berdi.
Muskatning so‘zlariga ko‘ra, o‘smirlarga texnologiyalar salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun smartfon foydalanuvchilarining yoshini cheklash, qurilmalar narxini oshirish va ularni ayrim joylarda ishlatishni taqiqlash zarur. U bu cheklovlarni chekishga qarshi choralarga o‘xshatdi va ba’zi joylarda smartfonlar to‘g‘risidagi qoidalarning joriy etilishi talab qilinishi mumkinligini aytdi.
Muskatning fikricha, smartfonlarning nazoratsiz ishlatilishi o‘smirlarning o‘qish, ruhiy salomatlik va ish unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bilan birga, Buyuk Britaniyaning Sheffild-Hallam universiteti bolalar psixologiyasi bo‘yicha tadqiqotchisi Liana Azevedo ham erta yoshda smartfonlardan foydalanish uzoq muddatli zarar yetkazishi mumkinligini ta’kidlagan.
Ushbu cheklovlar sog‘liqni saqlash sohasida texnologiyalarning salbiy ta’sirlarini kamaytirishga qaratilgan choralar sifatida ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya maktablarida telefonlardan foydalanish to‘liq taqiqlangan edi. Taqiqni buzgan va telefonni maktabga olib kelgan o‘quvchilar jazo sifatida darsdan keyin qoldiriladi va gadjet noma’lum muddatga musodara qilinishi belgilangan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr