JSST mutaxassislarining Xitoyga kirishiga nihoyat ruxsat berildi
Olam
−
11 yanvar 2021
3638Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari koronavirus infeksiyasining sabablarini o‘rganish uchun joriy yilning 14 yanvar kuni Xitoyga keladi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Gigiyena va sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasiga asoslanib xabar berilgan.
Dastlab mutaxassislar guruhi Xitoyga yanvar oyining boshlarida kelishni rejalashtirgan, ammo Pekindan kirish uchun ruxsat yo‘qligi sababli ularning kelishi kechiktirilgan.
JSST Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus ushbu ishdan hafsalasi pir bo‘lganini aytgandi.
Ma’lumot uchun, 2020 yilning dekabr oyi o‘rtalarida JSST mutaxassislari guruhi koronavirus manbasini qidirish uchun yanvar oyida Xitoyga borishni rejalashtirganini e’lon qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus “o‘chog‘i” bo‘lgan Xitoyning Uxan shahrida COVID-19 epidemiyasi 2019 yilning dekabr oyida boshlangan edi.
Turli taxminlarga ko‘ra, koronavirus Uxan shahridagi dengiz mahsulotlari bozorida paydo bo‘lgan.
LiveBarchasi