JSST mutaxassislari yangi pandemiya ehtimolini o‘rganishga kirishdi

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari xitoylik bir guruh olimlarning cho‘chqa grippining yangi shtammi bo‘yicha ma’lumotlarini diqqat bilan o‘rganib chiqmoqda. Bunday bayonot bilan JSST vakili Kristian Lindmayer chiqdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bundan oldin Osiyo mamlakatlarida H1N1 tipidagi grippning to‘ng‘izlardan odamlarga yuqishi holatlari qayd etilgan.

Avvalroq, “Proceedings of the National Academy of Sciences” ilmiy jurnalida chop etilgan cho‘chqa grippi G4 virusini o‘rganish natijalari e’lon qilindi. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, bu kasallik turi ham yangi pandemiyani keltirib chiqarishi mumkin. Chunki undagi mutatsiya jarayoni kasallikni odamlar orasida tarqalishiga imkon beradi.

Ushbu shtamm odamlarning o‘pka hujayralariga kirib, grippning mavsumiy turlari kabi havo tomchilari orqali yuqishi mumkinligi aniqlandi. Hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, barcha mavjud cho‘chqa grippi vaksinalari ularni infeksiyadan himoya qila olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

cho'chqa grippi

Baholaganlar

192

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing