Xitoyda yangi paydo bo‘lgan “cho‘chqa grippi” qaysi kasallikka o‘xshashi ma’lum qilindi
Olam
−
02 iyul 2020
12237Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari xitoylik bir guruh olimlarning cho‘chqa grippining yangi shtammi bo‘yicha ma’lumotlarini diqqat bilan o‘rganib chiqayotgani haqida xabar bergan edik. Bugun, 2 iyul kuni ana shu o‘rganishlarning natijasi e’lon qilindi.
Xitoylik olimlar ta’rif bergan "cho‘chqa grippi" virusi yangi emas, bu allaqachon ma’lum bo‘lgan cho‘chqa grippining o‘zidir. Bu haqda JSSTning favqulodda sog‘liqni saqlash dasturi direktori Maykl Rayan Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda aytib o‘tdi.
“Odamlarni ishontirish juda muhim, bu yangi virus emas, bu nazorat ostida bo‘lgan virus. Biz uni kuzatmoqdamiz”, dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xitoylik olimlar aniqlagan virus 2016 yilda qush grippiga o‘xshash Yevroosiyo cho‘chqa grippining ma’lum bo‘lgan shtammidir. Ushbu shtammni epidemiologik nazorat qilish, shu jumladan, uning cho‘chqa populyatsiyasi o‘rtasidagi evolyutsiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud.
Shu bilan birga, JSST ushbu vaziyatni yanada o‘rganish uchun Xitoy bilan ishlashga umid qilmoqda.
LiveBarchasi