Britaniyada birinchi marta cho‘chqa grippi odamlarda aniqlandi
Olam
−
28 noyabr 2023
3364Britaniyaning Shimoliy Yorkshir okrugida cho‘chqa grippi odamlarda birinchi marta aniqlandi. Bu haqda Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash xavfsizligi agentligi xabar berdi.
Bildirilishicha, Buyuk Britaniyada cho‘chqalarga ta’sir qiluvchi A(H1N2) grippi virusini yuqtirgan birinchi odam aniqlangan. Bu 1b.1.1 virusining varianti bo‘lib, boshqa mamlakatlardagi A(H1N2) grippi bilan kasallangan odamlarning holatidan farq qiladi.
Kasallik aniqlangan odamda yengil nafas olish bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan va u hozirda to‘liq tuzalib ketgan. Bemor bilan aloqada bo‘lgan shaxslar esa kuzatuv ostiga olingan.
Agentlik mutaxassislari hozirda patogenning xususiyatlarini aniqlash va uning inson salomatligi uchun xavf-xatarlarini baholash ustida ish olib bormoqda.
“Standart grippni kuzatish dasturi va genomik ketma-ketlik orqali biz virusni aniqlashga muvaffaq bo‘ldik. Bu Buyuk Britaniyada birinchi marta odamlarda aniqlandi. Ammo u cho‘chqalarda topilgan viruslarga juda o‘xshaydi. Biz virusni potensial tarqalishini cheklash uchun faol ishlayapmiz”, dedi UKHSA matbuot kotibi Mira Chand.
Ma’lumot uchun, 2005 yildan buyon dunyoda A(H1N2)grippi virusi bilan odamlarning kasallinishi bo‘yicha 50 ta holat qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda yana bir xavfli kasallik tarqalgani va mamlakat shimolidagi shifoxonalar bolalar bilan to‘lib ketgani haqidagi xabarlar tarqalgandi.
LiveBarchasi