JSST koronavirusga qarshi vaksinani ilk bor rasman tasdiqladi

Olam

image

31 dekabr kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Pfizer (AQSH) farmatsevtika kompaniyasi va BioNTech (Germaniya) bioinjenerlik kompaniyasi tomonidan birgalikda ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinadan foydalanishni rasmiy ravishda tasdiqladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bergan. 

Comirnaty deb nomlanuvchi preparat favqulodda foydalanish uchun tavsiya etilganlar ro‘yxatiga kiritilgan. 

Vaksinani ro‘yxatga qo‘shish mamlakatlarga o‘zlarining tartib-qoidalarini tezlashtirishga va vaksinalarni olib kirish va emlash kampaniyalarini yo‘lga qo‘yishga imkon beradi. 

Shuningdek, bu UNICEF va Pan-Amerika sog‘liqni saqlash tashkilotiga ushbu dori vositasini muhtoj mamlakatlarda tarqatish uchun sotib olish imkoniyatini beradi.

Qayd etilishicha, JSSTning butun dunyodagi mutaxassislari “xavf-foyda” mutanosibligi tahlili doirasida Pfizer va BioNTech vaksinasining xavfsizligi, samaradorligi va sifat ma’lumotlarini o‘rganib chiqqan. 

Tadqiqotlar vaksina JSST tomonidan belgilangan xavfsizlik va samaradorlik uchun majburiy mezonlarga javob berishini ko‘rsatgan. 

Ta’kidlanishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Immunizatsiya bo‘yicha strategik maslahat guruhi 5 yanvar kuni yig‘ilib, muayyan vaksinalardan jamiyatda foydalanish bo‘yicha maslahat beradi.

Ma’lumot o‘rnida, Pfizer vaksinasi ishlab chiqarilgan genetik material Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida muammo bo‘lishi mumkin bo‘lgan -60°S dan -90°S gacha saqlanishi kerak. Ushbu mintaqalardagi issiq iqlim va rivojlanmagan infratuzilma vaksinani saqlash hamda uni chekka qishloq va orollarga yetkazib berishni qiyinlashtiradi. Shu sababli, JSST mamlakatlarni vaksinani yetkazib berish rejalarini baholashda va iloji boricha vaksinadan foydalanishga tayyorgarlik ko‘rishda qo‘llab-quvvatlashga harakat qilmoqda.

Hozirda ushbu vaksinadan foydalanish uchun o‘nlab mamlakatlarda rasman ruxsat berilgan. Xususan, Yevropa Ittifoqi o‘z hududida Pfizer vaksinasi bilan emlashga ruxsat bergan.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina koronavirus

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing