JSST Xitoyda bir nechta muhim belgilar topdi
Olam
−
15 fevral 2021
6403Xitoyda bo‘lib turgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari 2019 yilda COVID'ning oldinroq tarqalgani bilan bog‘liq bir nechta belgilar topdi. Bu haqda ekspertlar guruhi rahbari, zoonoz infeksiyalari va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis Piter Ben Embarekka asoslanib xabar berilgan.
Unga ko‘ra, 2019 yilning dekabr oyida COVID-19 birinchi marta qayd etilgan Uxan shahrida kamida ming kishi yangi turdagi koronavirusning 13 xil shtammini yuqtirgan, degan taxminlar mavjud.
Embarek ularning bir qismi mahalliy bozorlarda tarqalgani, boshqalari esa ular bilan hech qanday aloqadorlikda bo‘lmaganini ta’kidlamoqda.
Avvalroq, koronavirus dastlab Xitoy janubida va Janubi-Sharqiy Osiyoda ko‘rshapalaklardan tarqala boshlagan bo‘lishi mumkinligi aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, JSST mutaxassislari 14 yanvar kuni Uxanga yetib kelgan. JSST missiyasi tarkibiga Rossiya, Avstraliya, Daniya, Germaniya, Keniya, Yaponiya, Gollandiya, Qatar, Sudan, Buyuk Britaniya, AQSH va Vetnamdan kelgan mutaxassislar hamda ularning Xitoydagi hamkasblari kiradi.
Ma’lumot uchun, koronavirus “o‘chog‘i” bo‘lgan Xitoyning Uxan shahrida COVID-19 epidemiyasi 2019 yilning dekabr oyida boshlangan edi.
LiveBarchasi