JSST xavotirda: koronavirus yuqtirish xavfi ortmoqda
Olam
−
17 Sentabr 2020
9326Yevropa mamlakatlarida COVID-19 ning tarqalish darajasi xavotirga solmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge ushbu bayonot bilan chiqdi.
"Sentyabr oyida olingan raqamlar uyg‘otuvchi signal bo‘lib xizmat qilishi kerak", deydi u.
Yevropada hozirda aniqlangan yangi holatlar soni mart va aprel oylariga qaraganda ko‘proq.
JSST shuningdek, bir necha mamlakatlarning karantinni yumshatish to‘g‘risidagi qaroridan xavotir bildirdi.
"Biz bilamizki, karantin muddatini qisqartirish, hatto, minimal darajaga tushirish ham shaxslar va jamiyatlarga ta’sir qilishi mumkin. Men mintaqa davlatlarini mutaxassislar bilan hamkorlikda standart ilmiy protseduraga rioya qilishga va karantinni xavfsiz ravishda kamaytirish yo‘llarini izlashga chaqiraman”, deydi Kluge.
Ayni vaqtda dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 30 million 84 161 nafarni tashkil etmoqda. Yevropa mamlakatlarida koronavirus eng ko‘p tarqalgan mamlakat Ispaniya bo‘lib qolmoqda. Mamlakatda 614 360 kishi koronavirusga chalingan.