JSST qat’iy karantinga qarshi ekanini bildirdi

Olam

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyoda to‘liq karantin qaytishiga qarshi ekanini bildirdi. JSSTning Sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayan Jenevada shunday bayonot bilan chiqdi.

“Biz to‘liq karantinga qaytishga qarshimiz, ammo bundan boshqa chiqish yo‘li bo‘lmagan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin”, degan Rayan.

U olimlar qat’iy karantin tugashi bilan koronavirusning yangi to‘lqini yuzaga kelishi xavfi ortishi haqida ogohlantirganini eslatib o‘tdi. Shu sababdan JSST karantinni bosqichma bosqich kuzatuv bilan bekor qilishni tavsiya qilayotganini qo‘shimcha qildi.

Shuningdek, hozir mavjud imkoniyatlar bilan virusni to‘liq yo‘q qilish mumkin emasligini va kasallik orol davlatlarga ham qaytish ehtimoli yo‘q borligini ma’lum qildi.

“Bizni kasallanishning katta klasterlari xavotirga solyapti. Bu kasallanishning yangi o‘chog‘larini keltirib chiqarishi mumkin”, dedi Rayan vaziyatni o‘rmon yong‘inlariga qiyoslab.

“Qat’iy karantindan keyin yangi tarqalishlarni diqqat bilan kuzatib, ularni tezkorlik bilan bartaraf qilish kerak. Shu tariqa biz ikkinchi to‘lqinning oldini olib, yana qattiq karantinga qaytishdan saqlanishimiz mumkin”, dedi JSST vakili.

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 12 337 075 kishi koronavirusga chalingan. Ularning 6 784 579 nafari sog‘aygan va 556 211 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus pandemiya

Baholaganlar

597

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing