JSST go‘shtni chala pishirib yeyish borasida ogohlantirish bilan chiqdi

Salomatlik

image

Qizil go‘shtni yaxshi pishirmaslik Salmonella va Listeria kabi bakteriyalarni yuqtirish xavfini oshirishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xabar berdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kerakli miqdorda pishirilmagan go‘sht organizmda zararli birikmalarning paydo bo‘lishiga yo‘l ochadi. Ayniqsa, bu yurak kasalliklari, yuqori qon bosimi, 2-toifa diabet va saraton kabi surunkali kasalliklar ehtimolini oshiradi.

Go‘sht tarkibida protein miqdori yuqori bo‘lgani sababli mikroorganizmlar tanaga osonlik bilan bostirib kiradi. Hayvon to‘g‘ri sharoitda so‘yilganda, go‘sht asosan steril holatda bo‘ladi, biroq gigiyena qoidalariga rioya qilmasdan noto‘g‘ri tashish yoki qayta ishlash usullarisiz so‘yish go‘shtning kasallik manbasiga aylanishiga zamin yaratadi. Go‘shtning mikrobial xavfi Salmonella va Listeria bakteriyalari kabi o‘lik tahdidlarni o‘z ichiga oladi.

Bu mikroorganizmlar va parazitlar pishirish paytida nobud bo‘lishi mumkin. Biroq, go‘sht yetarli darajada pishirilmagan bo‘lsa, ba’zi viruslar omon qolishi va go‘shtning butun tuzilishiga ta’sir qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi eng yirik hisoblangan “Dina” go‘sht bozoridagi chakana savdo ob’ektlarini tekshirish chog‘ida kuydirgi bakteriyasi aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

go'sht

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing