Joze Mourino turk klubini boshqaradigan bo‘ldi
Sport
−
01 iyun
4124Portugaliyalik murabbiy Joze Mourino “Fenerbaxche” klubi bilan ikki yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘zining X'dagi sahifasida ma’lum qildi.
Mourino 2024 yilning yanvaridan beri “Roma”dan iste’foga chiqarilganidan keyin klubsiz edi. Saudiyaning “Al-Ahli” va “Al-Ittihod” klublari murabbiyga qiziqish bildirganiga qaramay, yakunda Joze Turkiya variantini tanladi. Portugaliyalik mutaxassis “Bavariya”ning taklifini kutdi, biroq nemis grandi yakunda belgiyalik Vensan Kompanini murabbiylik postiga olib keldi.
“Fenerbaxche”ni bu mavsumda shartnomasi 30 iyungacha davom etadigan Ismoil Kartal boshqardi. Turkiya klubi, shuningdek, “Milan” ustozi Stefano Piolini ham taklif etish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgandi, lekin istanbulliklar Mourino nomzodida to‘xtaldi.
"Fenerbahche" ortda qolgan Turkiya Superligasida 2-o‘rinni egalladi. Jamoa Konferensiyalar ligasida chorak finalga qadar yetib borishni uddaladi.
LiveBarchasi
16:25