Joshuaning navbatdagi jangi qachon?

Sport

image

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni britaniyalik Entoni Joshua ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali navbatdagi jang sanasini ma’lum qildi.

“Keyingi jangim dekabrga belgilangan. Dekabrdagi jangim katta rejaning bir qismi”, deydi Joshua.

So‘nggi jangida Entoni Joshua amerikalik Jermeyn Franklinni mag‘lub etgandi. Franklindan avval Joshua ukrainalik Aleksandr Usikka qarshi bahslarda mag‘lubiyatga uchragan.

Ma’lumot uchun, Joshua professional boksda salkam 10 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Entoni profboksda umumiy 28 ta jang o‘tkazib, 25 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Entoni Joshua Aleksandr Usik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing