Joshua revanshdan voz kechish uchun 40 million xohlayapti 

Sport

image

Prof boksning super og‘ir vazn toifasi jangchisi Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn mijozining WBA, IBF, WBO va IBO chempioni Aleksandr Usik bilan revansh jangidan voz kechishi uchun qancha miqdorda tovon puli xohlayotganini ma’lum qildi.

“Yettita raqamli tovon puli? Bir millionmi? Agar Joshua Usik bilan revansh jangidan voz kechishini istasangiz, bu raqamni 40 ga ko‘paytiring. Hozir ikkala bokschining jamoalari bir-birlari bilan muloqot qilmoqda, ammo men bu haqda Joshua bilan hali gaplashmadim. Masalani hal qilaman va agar Entoni uchun imkoniyat borligini tushunsam, hammasini birgalikda muhokama qilamiz. Endi Joshua Usik bilan jang qilishni rejalashtirmoqda. Agar boshqa yo‘l bo‘lsa va bizga foydali taklif tushsa, buni ko‘rib chiqamiz”, dedi Xirn.

Eslatib o‘tamiz, ukrainalik Usikning promouteri Aleksandr Krasyukning so‘zlariga ko‘ra, agar “mushuk” Joshua ustidan revansh jangida g‘alaba qozonsa, WVC chempioni Tayson Fyuriga qarshi ringga ko‘tariladi. Bellashuvga Kiyev shahri mezbonlik qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Usik (19-0) joriy yilning 25 sentyabr kuni britaniyalik Entoni Joshuaga (24-2) qarshi jang o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan va WBA, IBF, WBO hamda IBO  chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan edi.

 


 


Maqola muallifi

Teglar

Kiev Joshua Prof boks Usik

Baholaganlar

65

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing