Joshua Kubrat Pulevni nokautga uchratdi

Sport

image

Britaniyalik bokschi Entoni Joshua 12 dekabr, yakshanba oqshomida Londonda bo‘lib o‘tgan boks kechasida bolgariyalik Kubrat Pulevni mag‘lub etdi. Joshua 12 raundlik jangning to‘qqizinchi raundida raqibini nokautga uchratdi.

G‘alaba natijasida Joshua Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA), Butunjahon boks tashkiloti (WBO) va IBF bo‘yicha og‘ir vazn toifasida jahon chempioni unvonini himoya qilib, kamarlarni o‘zida saqlab qoldi.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli Joshuaning hisobida 24 g‘alaba va bitta mag‘lubiyat mavjud. 39 yoshli Pulevning hisobida esa, 28 g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat bor. Bolgariyalik bokschi uchun bu galgi mag‘lubiyat 2014 yil ukrainalik Vladimir Klichkoga yutqazganidan beri birinchisi bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Joshua Pulev

Baholaganlar

236

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing