Joshuani yenggan Jalolov azaliy raqibi bilan to‘qnash keladi

Sport

image

Bugun, 22 fevral kuni Bolgariyada mezbonlik qilaayotgan an’anaviy “Stranja” xalqaro turnirining navbatdagi janglari bo‘lib o‘tdi. +92 vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov amerikalik Joshua Edvardsga qarshi ringga chiqdi.

Jang to‘liqligicha O‘zbekiston vakilining ustunligida o‘tdi. Bahs yakunida Bahodir Jalolov hakamlarning bir ovozda chiqargan qaroriga ko‘ra g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Qozog‘istonlik Kamshibek Ko‘nkabayev va niderlandiyalik Stan Bertens o‘rtasidagi jangda Ko‘nkabayev 2-raundda nokaut evaziga zafar quchdi.

Musobaqaning yarim final bahsida Bahodir Jalolov aynan Kamshibek Ko‘nkabayev bilan kuch sinashadi. Jang 23 fevral kuniga belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Jalolov Joshua

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing