Bugun Jalolov Joshuaga qarshi ringga chiqadi
Sport
−
22 fevral 2023 43449 1 daqiqa
Bugun, 22 fevral kuni Bolgariyada o‘tkazilayotgan an’anaviy “Stranja” xalqaro turnirining navbatdagi janglari o‘tkaziladi. Kun dasturida bir qator O‘zbekiston vakillari ringga ko‘tariladi.
+92 kg vazn toifasida Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov amerikalik Joshua Edvards bilan kuch sinashadi. Mazkur jang g‘olibi keyingi bosqichda qozog‘istonlik Kamshibek Ko‘nkabayev va niderlandiyalik Stan Bertens qarama-qarshiligi g‘olibi bilan bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, Joshua Edvards “Undefeated Boxing Academy” klubi a’zosi hisoblanadi. U bir necha bor mamlakat chempionatlarida sovrindor bo‘lgan. Bahodir Jalolov esa 2018 yildan buyon profboksda faoliyat yuritmoqda. Jalolov hisobida 12 ta g‘alaba mavjud.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr