Joshua ishtirokidagi avtohalokat sababi ochiqlandi

Sport

image

Mashhur britaniyalik bokschi Entoni Joshua bo‘lgan Lexus avtomobili nega avariyaga uchragani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Metro” xabar berdi.

Hodisa joriy yil 29 dekabr kuni Nigeriyada sodir bo‘lgandi – ichida Joshua bo‘lgan avtomobil yo‘lda turgan yuk mashinasiga borib urilgan.

Nigeriya yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini ta’minlash va nazorat qilish korpusi vakili, politsiya qo‘mondoni Babatunde Akinbiyining aytishicha, dastlabki tergov natijalari fojiaga nima sabab bo‘lganini ko‘rsatgan.

Aniqlanishicha, Lexus avtomobili Lagosdan Sagamuga ketayotgan bo‘lgan va “tezlik haddan tashqari yuqori bo‘lgani sababli shina yorilgan”, shundan so‘ng avtomobil “boshqaruvni yo‘qotgan”. Oqibatda yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

YTH paytida Entoni Joshua haydovchining orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan bo‘lgan, haydovchi ham tirik qolgan.

Eslatib o‘tamiz, hodisa oqibatida bokschining murabbiylari halok bo‘lgan, Entoni Joshua va haydovchi esa omon qolgan. Nigeriya Prezidenti Bola Tinubu hamda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Yusuf Tuggar ushbu fojia munosabati bilan ta’ziya izhor etgan. Davlat rahbari sobiq chempionga shaxsan qo‘ng‘iroq qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

avtohalokat Entoni Joshua

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing