Jorj Floydning “qotili” aybini tan olmayapti 

Olam

image
0:00
0:00
download

Afroamerikalik Jorj Floydni o‘ldirishda ayblanayotgan sobiq politsiya xodimi Derek Shoven sudda guvohlik berishdan bosh tortdi. Bu haqda "Associated press" xabar bergan.  

Kecha, 15 aprel kuni o‘tkazilgan sud majlisida Shoven beshinchi tuzatishga ishora qilgan va sudyaga guvohlik bermasligini aytgan. 

Shundan so‘ng prokuror doktor Martin Tobinni Floydning o‘limiga politsiya mashinasidan chiqqan uglerod oksididan zaharlanish sabab bo‘lishi mumkin degan nazariyalarni bekor qilishga chaqirgan. 

Ekspertning aytishicha, afroamerikalikda ushbu moddaning darajasi eng ko‘pi bilan 2 foizni tashkil etgan. 

Agentlikka ko‘ra, agar Shoven guvohlik berishga qaror qilsa, bu xavfli qadam bo‘ladi. Prokuratura Floydning o‘limi tasvirlangan videoni qo‘yib, sobiq politsiyachidan har bir kadrni tushuntirishini so‘rashi mumkin. 

Shoven ustidan sud jarayoni joriy yilning 29 mart kuni boshlangan. U, xususan, odam o‘ldirishda ayblanmoqda: agar ushbu moddada aybdor deb topilsa, sobiq politsiyachi 40 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Shovenning o‘zi ayblovlarning birortasini tan olmayapti. 

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yil 25 may kuni Minneapolisda 46 yoshli amerikalik Jorj Floyd Shoven tomonidan o‘ldirilgan. Internetda sobiq politsiyachi Floydning bo‘yniga tizzasini bosgan va u nafas ololmayotganini takrorlagan videorolik ko‘plab amerikaliklarning g‘azabiga sabab bo‘lgan. Politsiya shafqatsizligiga qarshi norozilik namoyishlari Minneapolisni, keyin Amerikaning boshqa shaharlarini qamrab olgan va hatto, AQSH tashqarisiga ham tarqalgan. Bir qator shaharlarda norozilik namoyishlari tartibsizliklarga, buzg‘unchilik harakatlariga, do‘konlarni yoqish va talon-toroj qilishga, huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan to‘qnashuvlarga olib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jorj Floyd

Baholaganlar

117

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing