Joriy yilda urush ortidan qancha jurnalist halok bo‘lgani ochiqlandi
Olam
−
11:43
5802024 yilda 54 nafar jurnalist kasbiy faoliyati ortidan vafot etdi. Bu haqda “Chegara bilmas muxbirlar” (RSF)ning bugun, 12 dekabr kuni chop etilgan yillik hisobotida keltirildi.
Qayd etilishicha, G‘azo sektori ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun eng xavfli hudud bo‘lib qolmoqda. Xususan, joriy yilda dunyo bo‘ylab 54 nafar jurnalist kasbi ortidan o‘ldirilgan bo‘lsa, ularning uchdan bir qismi G‘azo sektoriga to‘g‘ri kelmoqda.
Vafot etgan 54 jurnalistning 2023 yil 7 oktyabrda HAMAS harakati Isroilga hujum qilganidan so‘ng jami 145 dan ortiq ommaviy axborot vositalari xodimlari hayotdan ko‘z yumgan. Shulardan kamida 35 nafarining vafoti faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan. 2022 yilning fevral oyida Rossiya Federatsiyasi va Ukrainada urush boshlangandan beri kamida 13 jurnalist halok bo‘lgan.
Hibsga olingan muxbirlar
Qamoqqa olingan muxbirlar soni bo‘yicha Isroil va Belarus yetakchilik qilmoqda. Dunyodagi barcha hibsdagi jurnalistlarning deyarli yarmi to‘rtta davlat qamoqxonalarida: Xitoy, jumladan Gonkong (124), Myanma (61), Isroil (41) va Belarus (40). Bundan tashqari, 2024 yilda Rossiya Federatsiyasida yana sakkiz nafar jurnalist hibsga olingan. Isroil G‘azo sektorida urush boshlanganidan beri hibsga olinganlar sonini muntazam ravishda qayd etib keladi. Unga ko‘ra, o‘tgan yil davomida 17 muxbir hibsga olingan.
“Ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘ldiriladi, qamoqqa olinadi va o‘g‘irlanadi va ko‘pincha bu shafqatsiz jinoyatlar jazosiz qoladi. Bizga xabar berganlarni himoya qilishimiz kerak. Ularning jasoratli mehnati odamlarning urush, korrupsiya va hokimiyatni suiiste’mol qilishdan azob chekayotganini ochib beradi", deydi "Chegara bilmas muxbirlar" nemis bo‘limi boshqaruvi a’zosi Anya Osterxaus.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyaning Marsel shahrida yashagan jurnalist Marin Vlaxovich o‘z uyidan o‘lik holda topilgandi. Uning jasadi uyining tom qismida do‘stlari tomonidan topib olingan.
LiveBarchasi