Joriy yilda 95 ming o‘qituvchining maoshi oshiriladi

Olam

image

Joriy yilning sentyabr oyida Qozog‘istonda 4, 9 va 10-sinf o‘quvchilariga yangi darslik bo‘yicha ta’lim beruvchi o‘qituvchilarning maoshi 30 foizga oshiriladi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.

O‘qituvchilar maoshini oshirish bo‘yicha Qozog‘istonning birinchi prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev o‘tgan yili xalqqa yo‘llagan murojaati doirasida topshiriq bergan.

Elboshi murojaatida yangi o‘quv darsligiga o‘tgan o‘qituvchilar maoshini 30 foizga oshirishga ko‘rsatma bergan. Bundan tashqari, milliy kvalifikatsiya testlari yakuni bo‘yicha 50 foiz qo‘shimcha haq to‘lash to‘g‘risida topshiriq berilgan. Shu maqsadlar uchun mamlakat byudjetida 67 mlrd tenge ajratilgan.

Qozog‘iston ta’lim va fan vaziri o‘rinbosari Bibigul Asilovaning so‘zlariga ko‘ra, bugunga qadar 95 106 nafar o‘qituvchining oyligi oshirilgan. Shu yili yana 95 106 nafar o‘qituvchining maoshi 30 foizga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

maosh ta'lim o'qituvchi

Baholaganlar

110

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing