Joriy yil test sinovlari 2 ta fandan o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Joriy yil o‘tadigan test sinovlari 2 ta fandan bo‘ladi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda 3 ta majburiy fandan, ya’ni ona tili, O‘zbekiston tarixi va matematikadan test bo‘lmaydi. Faqat 2 ta mutaxassislik fanidan test olinadi.

Ballar quyidagi tartibda belgilanadi:

1-blok  – 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball;

2-blok – 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball beriladi.

Ta’kidlanishicha, test savollarini ishlash va javoblarni belgilash uchun jami 3 soat vaqt beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

test sinovlari

Baholaganlar

340

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing