Umumta’lim fanlaridan test sinovlarini o‘tkazish tartibi belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda umumta’lim fanlaridan test sinovlarini o‘tkazish tartibi belgilandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 10 yanvar kuni qabul qilingan “Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga raqamli xizmatlardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” gi qarorida keltirilgan. 

Ma’lum qilinishicha, 2020 yil 1 dekabrdan boshlab bakalavriat yo‘nalishlariga mos keladigan fanlar to‘plamining umumta’lim fanlari bo‘yicha bilim darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etilgan.

Test sinovlarida qatnashish uchun arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

Umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi QR kod qo‘yilgan sertifikat test natijalari e’lon qilingan sanadan boshlab bir kunlik muddat ichida yuboriladi.

 A+, A, B+, V, S+, S darajadagi sertifikatlar beriladi.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi.

Unga ko‘ra:

  • 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ daraja;
  • 65-69,9 ball olgan talabgorga A daraja;
  • 60-64,9 ball olgan talabgorga V+ daraja;
  • 55-59,9 ball olgan talabgorga V daraja;
  • 50-54,9 ball olgan talabgorga S+ daraja;
  • 46-49,9 ball olgan talabgorga S darajali sertifikat beriladi.

Sertifikat 3 yil muddatga beriladi. Bunda:

A+ va A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi, boshqa darajadagi sertifikat olgan abituriyentlarga ballar maksimal ballga nisbatan proporsional hisoblanadi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga eng yuqori ball beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

test sinovlari Umumta'lim fanlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing