Kollej va texnikumlarga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi

Jamiyat

image

Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi.

Ma’lumki, 2023 yil 26-30 sentyabr kunlari 2023-2024 o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovlari o‘tkazildi.

Bunda talabgorlarning test sinovida to‘plagan ballari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasigayoq my. uzbmb.uz saytida e’lon qilib borildi.

Bugun, 3 oktyabr kuni esa professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi.

Talabgorlar tanlov natijalarini my. uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishi mumkin.

“Test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar ikki kun davomida (3-4 oktyabr kunlari) professional ta’lim muassasasida tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasiga apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

test sinovlari Kollej va texnikum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing