Bu yil maktab bitiruvchilariga shahodatnoma nusxasi beriladi – XTV
Jamiyat
−
19 may 2020
89062019-2020 o‘quv yili yakunida maktab bitiruvchilariga attestatsiyaning asl nusxasi berilmaydi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik bu yil maktabning 11-sinfini bitiruvchi o‘quvchidan kelgan savolga javob berib, shahodatnomaning elektron nusxasi berilishini ma’lum qilgan.
“Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, 2019-2020 o‘quv yilidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga davlat namunasidagi attestat (shahodatnoma)larni elektron shaklda (skaner) bitiruvchilarga yetkaziladi.
Attestat (shahodatnoma) blankalari respublikamizda karantin muddati tugagunga qadar ta’lim muassasalarida saqlanadi. Karanti davri yakunlanganidan so‘ng ular o‘z egalariga topshiriladi”, deyiladi vazirlik javobida.
Eslatib o‘tamiz, joriy o‘quv yili karantin sabab onlayn shaklda yakunlanadi. Ammo maktab imtihonlari o‘tkazilishi yoki bekor qilinishi masalasida hamon aniq javob berilganicha yo‘q.
LiveBarchasi