Jonsonga Ukraina bilan bog‘liq yangi lavozim berildi

Olam

image

Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri Boris Jonson “Ukrainaning konservativ do‘stlari” partiyaviy guruhiga rahbarlik qiladi. Hukmron Konservativ partiyaning Birmingemdagi qurultoyida shunday qaror qabul qilingan. Bu haqda “The Daily Telegraph” nashri xabar berdi. 

Partiya guruhining hozirgi rahbari, Britaniya jamoalar palatasi a’zosi Jon Uittingdeyl Jonsonga “joy bo‘shatib berayotganini” aytdi.

“Ukrainaning konservativ do‘stlari”ning yangi prezidentiga joy berayotganimdan juda xursandman, u ko‘p jihatdan bu rolga eng yaqqol va eng munosib nomzoddir. U nafaqat bu mamlakatda, balki butun G‘arb olamida [Ukraina] xalqini qo‘llab-quvvatlab, ochiq-oydin gapirgan birinchi odam edi”, deydi deputat.

“Ukrainaning konservativ do‘stlari” guruhi 2022 yil mart oyida tashkil etilgan. Uning tarkibiga Konservativ partiya a’zolari – nafaqat parlament a’zolari, balki munitsipal kengashlar vakillari va Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida Kiyevdag hukumatini qo‘llab-quvvatlayotgan oddiy partiya a’zolari ham kiradi.

Eslatib o‘tamiz, Boris Jonson joriy yilning 7 iyul kuni bosh vazirlik va Buyuk Britaniya Konservativ partiyasi rahbari lavozimini tark etishini e’lon qildi. U Vazirlar Mahkamasining yangi rahbari tayinlangunga qadar ishlashda davom etdi. Uning o‘rnini, o‘zi tuzgan hukumatda Tashqi ishlar vaziri bo‘lgan Liz Trass egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Boris Jonson

Baholaganlar

164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing