Jonson NATOning boshiga kelishi mumkin
Olam
−
27 iyul 2022
9495Buyuk Britaniyaning iste’foga ketayotgan Bosh vaziri Boris Jonson NATOning amaldagi Bosh kotibi Yens Stoltenberg kelasi yil sentyabrda lavozimini tark etgach, tashkilotga rahbar bo‘lishi mumkin. Bu haqda “The Daily Telegraph” gazetasi yozmoqda.
Nashrning yozishicha, yuqori martabali torilar NATOning navbatdagi Bosh kotibi lavozimiga Boris Jonson nomzodini qo‘llab-quvvatlamoqda. Jonsondan oldin Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uolles, shuningdek, Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vazirlari Tereza Mey va Devid Kemeronlar ham bu lavozimga nomzod sifatida ko‘rilayotgan edi, deb yozadi gazeta.
Nashrning ta’kidlashicha, AQSHning Yevropa Ittifoqining yangi armiyasini yaratish rejalarini qayta-qayta e’lon qilgan yevropalik siyosatchilarga ishonchsizligi tufayli uzoq vaqtdan beri NATO Bosh kotibi lavozimiga Britaniya vakili taklif qilinyapti.
2019 yilda Tereza Meyning o‘rniga Bosh vazir lavozimini egallagan Jonson 7 iyul kuni bosh vazirlik va Buyuk Britaniya Konservativ partiyasi rahbari lavozimini tark etishini e’lon qildi. U Vazirlar Mahkamasining yangi rahbari tayinlangunga qadar ishlashda davom etadi.
Britaniya Vazirlar Mahkamasidagi bir qator iste’folar Boris Jonson hukumatidagi ikki muhim vazir – Moliya vaziri Rishi Sunak va Sog‘liqni saqlash vaziri Sajid Jovidning iste’foga chiqishi bilan boshlandi.
LiveBarchasi