Jonson Hukumatini tark etgan vazirlar 12 taga yetdi

Olam

image

Boris Jonson hukumatini yana olti nafar vazir tark etdi. Bu haqda “The Independent” nashri xabar berdi. 

Sanoat vaziri Li Rouli va yana 5 nafar amaldor iste’foga chiqdi va qo‘shma maktubda Bosh vazir Boris Jonsonni iste’foga chiqishga chaqirdi. 

“Biz chuqur afsus bilan hukumat a’zolari lavozimimizdan iste’foga chiqamiz. Yaxshi niyat bilan sizdan partiya va mamlakat manfaati uchun iste’foga chiqishingizni so‘raymiz”, deyiladi Twitter’da e’lon qilingan bayonotda. 

Roulidan tashqari hujjatni quyidagi amaldorlar imzoladilar:  OAV, axborot va raqamli infratuzilma vaziri Julia Lopez,Tenglik va mahalliy boshqaruv vaziri Kaemi Badenok, Ta’lim vaziri Aleks Burgart, Uy-joy vaziri Nil O’Brayen va Konservatorlar kengashi a’zosi Mimz Devis. 

Shu tariqa iste’foga chiqqan vazirlarning umumiy soni 12 nafarga yetdi.

Pincher da’vosi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Hukumatning qulashi ortida Buyuk Britaniyadagi jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq siyosiy ziddiyat turibdi. Voqea o‘zini noo‘rin tutgani aytilayotgan Tory raisining sobiq o‘rinbosari Kris Pincher va Pincherni lavozimga tayinlaganida uning avvalgi o‘xshash xatti-harakatlaridan xabardor bo‘lgani aytilgan Bosh vazir Boris Jonson bilan bog‘liq.

Gap shundaki, Kris Pincher Olimpiya o‘yinlarida eshkak eshuvchi va konservativ nomzod Aleks Stori tomonidan jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan

Avvaliga Jonson Pincher 2019 yilda jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha tergovga tortilganidan bexabar bo‘lganini aytgan. Kecha, 5 iyul kuni ma’lum bo‘lishicha, Bosh vazir bundan xabardor bo‘lgan, ammo baribir bu lavozimga Pincherni tayinlagan. 

Keyinchalik Jonson Pincherning lavozimiga tayinlangani uchun uzr so‘radi va Hukumatda o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilganlarga o‘rin yo‘qligini aytdi.

Pincher 2022 yil 30 iyun kuni Londonning Sent-Jeyms shahridagi klubda kechasi qattiq mast bo‘lib, “o‘zini va boshqalarni sharmanda qilganini” tan olib, Hukumat rahbari o‘rinbosari lavozimidan iste’foga chiqdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Boris Jonson

Baholaganlar

188

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing