Jons Tayson bilan jang qilmoqchi emas

Sport

image

Boks bo‘yicha sobiq mutlaq jahon chempioni kichik Roy Jons hamyurti sobiq og‘ir vazn chempioni Mayk Tayson bilan boshqa jang o‘tkazmaydi. Bu haqda Jons TASS'ga ma’lum qildi.

“Bizga Mayk bilan revansh kerak emas, u bilan endi raqobatlashmaganimiz ma’qul”, deydi Jons.

Qayd etish joiz, tomonlar o‘rtasidagi birinchi jang 2020 yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan va durang bilan yakunlangan.

Jons 55 yoshda. Uning hisobida 66 g‘alaba (47 ta nokaut) va 10 ta mag‘lubiyat bor. Tayson 58 yoshda. Uning hisobida 50 g‘alaba (44 ta nokaut) va 6 ta mag‘lubiyat bor. Tayson ishtirokidagi yana 2 ta jang o‘tkazilmagan, deb qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Mayk Tayson Roy Jons

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made