Jonivorlarning zilzilani oldindan sezishi ilmiy isbotlandi
Bu qiziq
−
06 Iyul 2020 16679 1 daqiqa
Olimlar hayvonlarda zilzilalarni bashorat qilish qobiliyati borligini isbotlab berishdi. Bu haqda “Wiley Online Library” xabar bermoqda.
Tadqiqot uchun oltita sigir, beshta qo‘y va ikkita it tezlikni o‘lchash sensori bilan jihozlandi va Italiyaning seysmik faol zonasidagi fermaga joylashtirildi. Olimlar bir necha oy davomida zilzilalar oldidan hayvonlarning harakatlarini kuzatishdi.
Aniqlanishicha, tajribadan o‘tayotgan jonivorlarning xatti-harakatlari yer silkinishlardan yigirma daqiqa yoki bir soatdan oldin o‘zgargan.
Olimlarning fikricha, tadqiqot natijalaridan yer qobig‘idagi tebranishlarni oldindan ogohlantiruvchi prototip tizimini ishlab chiqish uchun foydalanish mumkin.
Biroq buning uchun olimlar hayvonlarga zilzilalarni bashorat qilishga nima yordam berishini aniqlashlari kerak bo‘ladi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr