Joau Felish faoliyatini “Milan” klubida davom ettiradi
Sport
−
04 fevral 2025 1879 1 daqiqa
Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Joau Felish faoliyatini “Milan”da davom ettiradi. Portugaliyalik futbolchi Italiya A Seriyasining rasmiy saytida “rossonerilar” tarkibiga kiritildi. Bu haqda “Transfermarkt” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, portugaliyalik futbolchi joriy mavsum oxirigacha “Milan”da ijara asosida o‘ynaydi. Rossenerilar safida 25 yoshli futbolchining debyuti 6 fevral kuni “Roma”ga qarshi o‘yinda bo‘lishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Felish barcha turnirlarda 20 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Portugaliyalik futbolchining “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar tuzilgan. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil qiladi.
Ma’lumot uchun, ayni vaqtda “Milan” 35 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda. Jamoa Yevropa Chempionlar ligasining pley-off o‘yinida Niderlandiyaning “Feyenoord” jamoasi bilan to‘qnash keladi.
Live
Barchasi