Jo Baydenning o‘g‘li bilan bog‘liq ish yopilishi mumkin

Olam

image

AQSH Adliya vazirligi prezident Jo Baydenning o‘g‘li Xanter Bayden bilan bog‘liq ishni yopishga harakat qilmoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi. 

Xanter ustidan tergov olib borish uchun maxsus tayinlangan prokuror Devid Veys Delaver shtatidagi ishni tugatish bo‘yicha so‘rov yubordi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u bunga sabab qilib Xanter Bayden ayblanayotgan soliq jinoyatlari Delaverda sodir etilmaganini ko‘rsatgan. 

Veys bir muncha vaqtdan beri Xanter Baydenning soliq hisobotlari, biznes faoliyati va xorijdagi aloqalarini tekshirib kelgan.

“Eshitishlardan so‘ng tomonlar muzokaralarni davom ettirdi, biroq ular boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Bu masalada Vashington yoki Kaliforniyada tergov o‘tkazish kerak”, dedi Veys.

Ma’lumot o‘rnida, Xanter Bayden ikki marta soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha o‘z aybiga iqror bo‘lgan va qurol saqlash bilan bog‘liq ayblovlarni tan olgan.

Eslatib o‘tamiz, may oyida AQSH Kongressi Baydenlar oilasi Xitoydan va boshqa xorijiy manbalardan o‘n million dollardan ortiq mablag‘ olgani, pulning bir qismi Xanter Baydenning hisob raqamiga o‘tkazib berilganini aniqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden o'g'li Xanter

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing