Baydenni qutqarishga yordam bergan tarjimon Afg‘onistondan qochishga muvaffaq bo‘ldi

Olam

image

Mahalliy tarjimon Aman Xalili Afg‘onistonda yuz bergan inqirozdan so‘ng, mamlakatni tark etishga muvaffaq bo‘ldi. “The Wall Street Journal” gazetasining yozishicha, aynan u bir vaqtlar Afg‘onistonga kelgan Baydenga yaqindan yordam bergan. 

Ma’lumki, AQSH Przidenti Jo Bayden 1972-2008 yillarda senator bo‘lgan. Gazetaning yozishicha, taxminan 2008 yilda Amerika parlamentarilari jumladan, Bayden, bo‘ron tufayli qiyin ahvolda qolib, Afg‘oniston vodiysiga qo‘nishga majbur bo‘lgan. O‘shanda kongressmenlarga yordam berish uchun amerikalik desantchilar bilan bir qatorda tarjimon Xalili ham kelgan va u bo‘lajak Prezidentga yaqindan yordam bergan.

Interpreter who helped rescue Biden in Afghanistan escapesFoto: AQSH kongressmenlari va Bayden, 2008 yil

Biroq, xizmatlariga qaramay, respublikada toliblar hokimiyatga kelganidan keyin mamlakat fuqarolarini favqulodda evakuatsiya qilish paytida u Afg‘onistonda qolib ketgan. Amerika OAVga ko‘ra, tarjimon o‘sha paytda AQSH Prezidentiga yordam so‘rab, xat ham yozgan.

“Bir necha hafta xavf ostida bo‘lgan Aman Xaliliy o‘tgan hafta oilasi bilan Afg‘onistonni tark etganini aytdi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, tarjimon amerikalik faxriylar, sobiq afg‘on harbiy xizmatchilari va “yuqori martabali pokistonlik ittifoqchilar” yordamida qo‘shni Pokistonga o‘tib olgan.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqat hukumatni shakllantirdi

Ma’lumot o‘rnida, afg‘on inqirozidan so‘ng, AQSH rasmiylari mamlakatda joylashgan harbiy bazalarining 8 tasiga 53 mingdan ortiq qochqinni joylashtirdi. Qayd etish kerakki, ushbu bazalarda afg‘onlar va harbiylar o‘rtasida kelishmovchilik chiqqan holatlar ham bo‘ldi, hatto afg‘onistonlik qochqin erkaklar amerikalik ayol harbiyga hujum qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bundan tashqari, mingga yaqin afg‘onistonliklar ushbu bazalarni hech qanday xat-hujjatsiz tashlab ketdi. O‘z navbatida, jamoatchilik faollari och, uysiz, pulsiz va tilni bilmaydigan hamda urush ko‘rgan afg‘onlar amerikaliklar uchun xavf tug‘dirishidan xavotirda ekanini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

465

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing