Jo Bayden jinsiy zo‘ravonlikda ayblandi

Olam

image

AQSH Prezidentligi uchun Demokratik partiyasidan nomzodi ko‘rsatilishi deyarli hal bo‘lgan sobiq-vitse-prezident Jozef (Jo) Bayden jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlikda ayblandi. Uning sobiq yordamchisi politsiyaga shikoyat qilib, unga shunday ayblov qo‘ydi. Bu haqda “Business Insider” xabar berdi.

Nashrning ta’kidlashicha, gap Bayden senator bo‘lgan vaqtda uning yordamchisi bo‘lgan Tare Rid haqida boryapti. Ridning ta’kidlashicha, 1993 yil Bayden Kongress binosidagi yo‘laklardan birida Ridga uning ruxsatisiz tegingan. U Vashington politsiyasiga shikoyat qilgan.

Rid mart oyida jurnalistlarga Bayden tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragani haqida aytgandi. AQSHning sobiq vitse-prezidenti Baydenning vakillari ayblov asossiz ekanini aytib o‘tgandi.

AQSH Demokratik partiyasi milliy s’ezdi avgust o‘rtalarida belgilangan yig‘ilishida Jo Baydenni mamlakat prezidentligi uchun nomzod qilib ko‘rsatishi kutilyapti. DAstlab bu tadbir 13-16 iyulga belgilangan edi. Ammo pandemiya sabab kechiktirildi. AQSHda prezidentlik saylovlari joriy yilning 3 noyabr kuni o‘tkaziladi.

Avvalroq, Jo Baydenga raqobatchi sifatida ko‘rilayotgan Demokratlar partiyasining boshqa bir vakili Berni Sanders poygadan chiqqani haqida xabar bergan edik. Respublikachilar partiyasidan amaldagi Prezident Donald Tramp ikkinchi muddat uchun harakatini boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

474

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing