Jo Bayden AQSHning O‘zbekistondagi yangi elchisi nomzodini e’lon qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden mamlakatning O‘zbekistondagi navbatdagi elchisi sifatida uzoq yillik tajribaga ega diplomat Jonatan Xenik nomzodini ko‘rsatdi. “Amerika ovozi” nashrining yozishicha, Oq uy buni kecha, 20 may kuni e’lon qilgan.

Nomzod Kongressning yuqori palatasi, Senat tasdig‘idan o‘tishi kerak. Amerikaning Toshkentdagi hozirgi elchisi Deniyel Rozenblyum faoliyatini boshlaganiga uch yildan oshdi. Xenik to‘liq tasdiqlanguncha Rozenblyum vazifasida davom etadi.

Xenik yaqingacha Davlat departamentida Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh diplomat vazifasini bajargan. U, shuningdek, xalq diplomatiyasi yo‘nalishida uzoq yillar xizmat qilgan, bu boradagi dasturlarga bosh-qosh bo‘lgan. Xenik Turkiya, Ozarbayjon, Portugaliya va O‘zbekistonda ham turli lavozimda faoliyat yuritgan.

Ayni damda Xenik AQSH Mudofaa universitetining Kiber xavfsizlik va axborot kollejida Davlat departamentining mas’ulidir. U Global o‘zaro aloqa markazi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan va Rossiya, Xitoy va Eronning dezinformatsiyalariga qarshilik ko‘rsatishni muvofiqlashtirgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-AQSh elchi

Baholaganlar

229

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing